Uzbek Language Learning Podcasts
Uzbek podcast 021706
- Author: Vários
- Narrator: Vários
- Publisher: Podcast
- Duration: 0:03:05
- More information
Informações:
Synopsis
Sevishganlar kuni Sovet Ittifoqi davrida 23 fevral Qizil Armiya kuni sifatida, shuningdek, erkaklar bayrami sifatida nishonlangan. Bu kunda xotin-qizlar otalariga, turmush o‘rtoqlariga, sevgan yigitlariga, do‘stlariga, erkak kasbdoshlariga sovg‘alar berib, ularni tabriklashgan. Hozirda Rossiyada 23 fevral Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonda 14 yanvarda nishonlanadi. 8 martda esa Xotin-qizlar kuni bayram qilinadi. Garchi 8-martni xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlash 1910 yil Kopengagenda Klara Setkin taklifi asosida qabul qilingan bo‘lsa-da, qadimda O‘zbekistonda erta bahor ayollar oyi (Isfandarmo‘z) hisoblanib, shu oyning 5-kuni maxsus nishonlangan. Keyingi yillarda O’zbekistonda 14 fevral kunini Sevishganlar kuni (Valentin kuni) sifatida nishonlash asta-sekin ommaviylashib bormoqda. Biroq o‘zbeklar orasida bu bayramni nishonlash to‘g‘risida turlicha qarashlar mavjud. Jumladan, ko‘pchilik ota-onalar, o‘qituvchilar mazkur bayramni diniy, milliy va m