Synopsis
Uzbek Language Learning Podcasts from CeLCAR
Episodes
-
Uzbek podcast 032406
24/03/2006 Duration: 03minNavro‘z bayramida ko‘pkari oyinlari Navro‘z bayramida O‘zbekistonnig Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida ko‘pkari o‘yinlari o‘tkaziladi. Ko‘pkari yoki uloq O‘rta Osiyo xalqlarining chavandozlik bellashuvi bo‘lib, u asosan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik yigitlarining chavandozlik bellashuvidir. Mazkur bellashuvda chavandozlar ot ustida musobaqa shartlarini bajarishadi. Kun chiqqandan kun botgunicha davom etadigan musobaqada yuzlab chavandoz ishtirok etadi. Ko‘pkari bahsida so‘yilgan uloq (echki bolasi) tanasi musobaqa hakamlari tomonidan o‘rtaga tashlanadi. Eng chapdast va jasur chavandoz yerdan uloqni olib, uni taqimga qisib, maydonni gir aylantirgancha, belgilangan manzilga keltirib tashlaydi. G‘olib chavandozga sovrin sifatida ot, qo‘y, mol, tuya, gilam, to‘n, pul yoki taqinchoqlar beriladi. Shu bilan birga, g‘olib sharafli nom - botir nomini oladi. Ko‘pkarida chavondozlar jamoa bo‘lib harakat qilishlari ham mumkin. Bunda sovrin jamoa a’zolari o‘rtasida
-
Uzbek podcast 031006
10/03/2006 Duration: 03minSumalak Sumalak Navro‘zning shoh taomi bo‘lib, u ilk ko‘klam darakchisi, baraka, hosildorlik, to‘kin-sochinlik, ahillik, tan-sihatlik va ezgulik timsolidir. Sumalak haqida juda ko‘p afsonalar mavjud. Biroq ularning hammasida umumiy mazmun bor: Bolalarni ochlikdan qutqazish maqsadida chora izlagan ona ko‘katdan taom pishirishga intiladi. Unga farishtalar yordamga keladi. Tongda taomga ilohiy ta’m kiradi. Natijada bu taom bolalarni o‘limdan saqlab qoladi. Sumalak tayyorlashdan oldin yoshi ulug‘ kishilarning duolari olinadi. Ota-bobolarning ruhlarini shod etish uchun qur’on tilovat qilinadi. Sumalakni tayyorlash jarayoni ayollarning o‘ziga xos marosimiga aylanib ketadi. Sumalak ayollarning bir jamoa bo‘lib harakat qilishi natijasida tayyorlanadi. Ular sumalak tayyorlash, uni pishirish paytida bir-birlari bilan suhbat qilishadi, turli hikoyalar va latifalar aytishadi. Shuningdek, sumalak ishtirokchilari childirma (doira) chalib, raqsga tushishadi, qo‘shiq aytib o‘yin-kulgi qilishadi. Uy bekalari sumalak
-
Uzbek podcast 030306
03/03/2006 Duration: 03minNavro‘z Navro‘z – O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qadimiy bayramidir. Bu bayram bahor faslida, kecha bilan kunduzning tenglashgan payti, ya’ni 21-22 martda nishonlanadi. Navro‘z so‘zi forscha nav “yangi” va ro‘z “kun” so‘zlarining birlashmasidan hosil qilingan bo‘lib, yangi kun ma’nosini anglatadi. Navro‘z bayramini barcha fors, arab, turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar har yili bahorda nishonlab kelishgan. Bu qadimiy, an’anaviy Yangi yil bayrami hisoblanadi. Qadimda Navro‘z kunlari dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar yerga qo‘sh solishgan. O‘tgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ularning mozorlari obodonlashtirilgan. Ommaviy ravishda mevali va manzarali daraxtlar o‘tqazilgan. Ko‘pkari-uloq, kurash, turli hayvon va parrandalar “jang” lari, xo‘roz, it, qo‘chqor urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o‘yinlari singari xalq tomoshalari tashkil qilingan. Bayram kunlari urishgan do‘st-og‘aynilar, qarindosh-urug‘lar yarashib, bir-birlarini Navro‘z bilan tabriklas
-
Uzbek podcast 022406
17/02/2006 Duration: 03minBoychechak Boychechak ilk bahor darakchisidir. Shuning uchun ham Sharq xalqlari bu gulning ochilishini ko‘klam nishonasi deb bilishgan. Erta bahorda bolalar to‘da-to‘da bo‘lishib, qir-adirlardan boychechak qidirishgan. Kim birinchi bo‘lib boychechakni topsa, uni baxtli hisoblashgan. Bolalar topib olgan boychechaklarini bekitib olib, hovlima-hovli yurib qo‘shiq aytishgan. Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yugurib chiqqan boychechak. Boychechagim boylandi, Qozon to‘la ayrondi. Ayroningdan bermasang, Qozon-tovog‘ing vayrondi. Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak. Boychechakni tutdilar, Tut yog‘ochga osdilar, Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yoptilar... Boychechak qo‘shig‘ini eshitgan odamlar shunday kunga yetib kelganiga shukr qilib, quvonishgan. Ayniqsa, bemorlar bu qo‘shiqni jon-dilidan sevishgan. Ular bahor kelganini bilib, o‘zlarini yengil his qilishgan. Bolalar boychechakni avvalo qariyalarga berishga intilishgan. Chunki ular boychech
-
Uzbek podcast 021706
17/02/2006 Duration: 03minSevishganlar kuni Sovet Ittifoqi davrida 23 fevral Qizil Armiya kuni sifatida, shuningdek, erkaklar bayrami sifatida nishonlangan. Bu kunda xotin-qizlar otalariga, turmush o‘rtoqlariga, sevgan yigitlariga, do‘stlariga, erkak kasbdoshlariga sovg‘alar berib, ularni tabriklashgan. Hozirda Rossiyada 23 fevral Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonda 14 yanvarda nishonlanadi. 8 martda esa Xotin-qizlar kuni bayram qilinadi. Garchi 8-martni xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlash 1910 yil Kopengagenda Klara Setkin taklifi asosida qabul qilingan bo‘lsa-da, qadimda O‘zbekistonda erta bahor ayollar oyi (Isfandarmo‘z) hisoblanib, shu oyning 5-kuni maxsus nishonlangan. Keyingi yillarda O’zbekistonda 14 fevral kunini Sevishganlar kuni (Valentin kuni) sifatida nishonlash asta-sekin ommaviylashib bormoqda. Biroq o‘zbeklar orasida bu bayramni nishonlash to‘g‘risida turlicha qarashlar mavjud. Jumladan, ko‘pchilik ota-onalar, o‘qituvchilar mazkur bayramni diniy, milliy va m
-
Uzbek podcast 021006
10/02/2006 Duration: 03minALISHER NAVOIY (1441 - 1501) 9 – fevral kuni ulug‘ o‘zbek shoiri, o‘zbek tili va adabiyotining asoschisi, mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludiga 565 yil to‘ldi. Alisher Navoiy temuriylar saltanatiga tegishli Hirotda tug‘ilib, umrining asosiy qismini shu yerda o‘tkazgan. Uning otasi G‘iyosiddin Muhammad temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan bo‘lgan. Alisher kichiklik chog‘idan she’r va musiqaga qiziqdi. Olimu fozillar davrasida bo‘ldi. U yetti yoshidayoq Farididdin Attorning 'Mantiqut-tayr' asarini yod olgan edi. Alisher maktabda bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o‘qidi. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim oldi, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo‘ldi. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o‘tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi. Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she’rlarini yig‘ib
-
Uzbek podcast 020306
03/02/2006 Duration: 03minЎзбекистонда одатдан ташқари кўп қор ёғмоқда Ўзбекистонда ўтган асрнинг 60-йиллари ўрталаридан буён кузатилмаган кучли қор ёғмоқда. 27 январь куни тушгача Тошкентда 50 сантиметр қалинликда қор ёғди. Бу қуёшли мамлакатдаги ўртача ойлик нормадан анча юқоридир. Енгил машиналарини кечаси очиқ осмон остида қолдириб кетганлар эрталаб уларни қор остидан қазиб олишга мажбур бўлдилар, бироқ улар кўп юрмасдан қор остида яшириниб қолган ариқ ва бошқа чуқурларга тушиб қола бошладилар. Кўчада ўйнаётган болаларнинг ёрдамисиз у ерлардан чиқиб кетиб бўлмасди. Чорраҳаларда йўл-транспорт ҳодисаларининг сони бирданига ошиб кетди. Таксичилар бензиннинг кўп сарфланаётганлигини рўкач қилиб, нархларни ошириб юбордилар. Шаҳар ташқарисида транспорт қатнови бузилган. Қишлоқ йўллари шунчалик тўсилиб қолганки, уларда ҳатто тракторларнинг юриши ҳам қийин бўлиб қолди. Шаҳарлараро автойўлларда эса машиналар тиқилиб, уларнинг тўпланиб қолишига сабаб бўлмоқда. У ерларда қурилиш бригадалари ишчилари аҳволни ўнглаш устида ишламоқдалар. Қор уюм
-
Uzbek podcast 012706
27/01/2006 Duration: 03minO‘zbekiston Respublikasi Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga rasman a’zo bo‘ldi Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar rahbarlari Davlatlararo kengashining Sankt-Peterburg sammitida O‘zbekiston Respublikasi mazkur tashkilotga rasman a’zo bo‘ldi. Davlatlararo kengashning kengaytirilgan tartibdagi majlisida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Albatta, O‘zbekiston Hamjamiyat safiga qo‘shilganidan keyin tashkilotning mazmun-mohiyati sezilarli darajada o‘zgaradi. Demak, tashkilotning rejalarini, uning doirasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning mexanizmlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish lozim. Prezidentlar bu xususda fikr almashar ekanlar, Hamjamiyatning faqat iqtisodiy tuzilma emas, xalqaro tashkilot sifatida ham nufuzi oshib borayotganini ta’kidladilar.Shu o‘rinda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati haqida. 1995 yilda tuzilgan Bojxona ittifoqi negizida tashkil topgan Hamjamiyatning strategik maqsadlari a’zo davlatlar o‘rtasida integr
-
Uzbek podcast 012006
20/01/2006 Duration: 03minТошкентдаги зилзилаларни ярим йил олдин айтиб бериш мумкин Тошкентда 1966 йилда бўлиб ўтган фожеавий зилзила пайтида мутахассислар ер ости силкинишларидан бир қанча вақт олдин артезиан қудуқларидаги сувнинг кимёвий таркиби ўзгаришини аниқладилар. Зилзила марказига яқин жойдаги ерости қатламларидаги босим қаттиқ моддалардан минералларнинг микроскопик зарраларини ажратиб юборади. Ўзбекистон Фанлар академиясининг сейсмология институти мутахассислари таъкидлашмоқдаки, улар ишлаб чиққан усул орқали Тошкент ва унинг яқинидаги зилзилаларни 5-6 ой олдиндан айтиб бериш мумкин. Агар артезиан қудуқларидаги сувнинг минераллашиш даражаси 1,2 баробар ошиб кетса, ана шундай башорат қилиш мумкин. Ер қимирлашининг сувли қатламлар ҳолатига қараб ўртача вақт учун олдиндан айтиш дунёнинг сейсмик жиҳатдан яхши бўлмаган кўпгина минтақаларида, масалан, Японияда қўлланилади. Тўғри, бу усул асосида бўлажак фожеанинг аниқ соати ва вақтини айтиб бўлмайди. 1980 йилда Тошкент яқинидаги Назарбек шаҳарчасида бўлиб ўтган 8 балл кучдаги (маг
-
Uzbek podcast 011306
13/01/2006 Duration: 03minМаккаи муккарамада меҳмонхона қулаган Ҳаж ибодатини адо этиш учун келган мусулмонлар жойлашган меҳмонхона биноси қулаши оқибатида камида ўн беш киши ҳалок бўлган, деб хабар қилган Саудия телевидениеси. Шунингдек, кўплаб инсонлар жароҳат олган. Қутқарувчилар вайроналар остидан жабрланганларни олиб чиқишни бошлаганлар. Хабарларга кўра, меҳмонхонада Миср, Тунис ва Бирлашган Араб амирликларидан келган мусулмонлар жойлашган бўлган. Бино нима сабабдан қулагани ноаниқлигича қолаётир. Бу йил муқаддас ҳаж зиёратига бир миллиондан ортиқ мусулмон йиғилган. Ўзбекистондан Маккаи мукаррамага беш минг киши ҳаж ибодатларини адо этиш учун келган. Сўнгги ўн беш йил мобайнида муқаддас ҳаж зиёратига келадиган мусулмонлар сони ўн бир баробар ортган.
-
Uzbek podcast 010606
06/01/2006 Duration: 03minYurtdoshlarimiz haj ziyoratiga yo`l olishdi. Dunyo musulmonlarining qutlug` ayyomlaridan biri - Qurbon hayiti yaqinlashmoqda. Diyorimiz musulmonlari ham haj amallarini ado etish niyatida Saudiya Arabistoniga yo`l oldilar. Ushbu bayram kunlarida muqaddas Ka’bani tavof etib, payg`ambarimiz Muhammadning (s.a.v) qabrlarini ziyorat qiladilar.Vatanimiz istiqlolga erishgandan keyin xalqimiz haj amallarini ado etish imkoniyatiga ega bo`ldi. Bu yil ham minglab yurtdoshlarimiz musulmonlar uchun farz qilingan islom dinining beshinchi ruknini bajaradilar.Bir guruh hamyurtlarimiz 25 dekabr kuni "Toshkent" aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo`nab ketdilar. - Sobiq Sho`ro tuzumi davrida yashagan otam haj ziyoratiga borishdek niyatiga yetolmay, armon bilan ketdi,- deydi Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi Abdulla Ibrohimov. - Vatanimiz mustaqilligi bois bu sharafli vazifa minglab yurtdoshlarimiz qatori menga ham nasib etdi. Haj amallarini ado etish chog`ida Yaratgan egamdan el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, obod
-
Uzbek podcast 121605
16/12/2005 Duration: 03minO’zbek urf-odatiga binoan beshik va nikoh to’y marosimi Beshik to'yi farzandni beshikka belash va buni do'st-birodarlarga e'lon qilish maqsadida qilinadi. Marosimda ko'proq qarindosh-urug' va oila do'stlari ishtirok etadilar. Beshik kelinchakning ota-onasi tomonidan sotib olinib, marosim kuni chaqaloqqa sovg'a qilinadi. Beshik to'shaklarining eng tagidagisi ichiga guruch sholisining qipig'i solinadi. Chaqaloqni birinchi bo'lib yoshi ulug' ayol beshikka belaydi. Buning ma'nosi chaqaloq uzoq umr ko'rsin, uni belayotgan ayol kabi ko'p farzandli, uvali-juvali bo'lsin deganidir. Marosimga kelgan mehmonlar chaqaloq uchun turli sovg'alar keltiradilar. O'z navbatida mezbon ham ularni turli taomlar va ayniqsa o'zbek milliy taomi osh bilan siylaydi. Nikoh to'yi farzand 23-25 yoshga to'lganda nikoh to'yi marosimi o'tkaziladi. To'yga qadar bolaning onasi kelinning uyiga sovchi bo'lib ikki yoki uch o'ziga yaqin ayollar bilan boradi. Bu hol uch marotabagacha davom etishi mumkin. Ikki o'rtadagi kelishuvga asoslanib to'y kun
-
Uzbek podcast 121405
14/12/2005 Duration: 03minYuragida o`ti bo`lsa yaxshi, o`tida tosh bo`lmasin! O`zbekistonda o`tida tosh yig`ilish bilan bog`liq kasalliklarga chalinganlar soni tobora oshib bormoqda. Buni o`t toshi tufayli jarroh stoliga yotayotganlar sonining oshib borayotgani ham tasdiqlaydi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko`ra, dunyo aholisining 15 foizida o`t toshi kasalligi bor. Har 10 erkakdan birida, har 5 ayoldan birida ayni kasallik kuzatiladi. O`zbekistonda o`tida toshi borlar ko`payib ketayotgani sabablaridan biri ekologiyaning yomonlashuvi ekani aytilmoqda. Shifokor O`ktamjon Ma’rupovning so`zlariga ko`ra, joriy yilning shu davrigacha u ishlaydigan shifoxonada 400 bemorda o`t toshi bilan bog`liq jarrohlik amaliyoti o`tkazilgan. “Keyingi paytlarda sanoat korxonalari joylashgan hududlarda bu kasallik ko`paymoqda. Bu kasallik o`t xaltasining dimlanib qolishi, o`t xaltasining yallig`lanishi va organizmdagi modda almashinuvi buzilishi oqibatida kelib chiqadi”, - dedi shifokor. O`. Ma’rupovning bildirishicha, O`zbekistonda bu k
-
Uzbek podcast 121205
12/12/2005 Duration: 03minMutaxassislarning fikricha, ayni paytda dunyoda orttirilgan immunitet tanqisligi sindiromi (OITS) xastaligiga chalinganlar soni oltmish milliondan oshgan. Agar kasallikning tarqalishi shu sur'atda davom etaversa, yaqin ikki-uch yil ichida bu raqam yana uch-to'rt marta ortishi mumkin. Taassufki, asr vabosi sifatida ko'rilayotgan mazkur xavf-xatar mamlakatimizni ham chetlab o'tmagan, xabar beradi UzA.Yurtimizda bu kasallikning oldini olish va unga chalinganlarga tibbiy-ruhiy madad berish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi OITS markazlarida tegishli dastur va vazifalar ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Ayni paytda ijtimoiy jihatdan o'ta xavfli sanalgan OITS tarqalishining oldini olish borasida turli loyihalar ham amalga oshirilyapti. Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda World Vision xalqaro tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan "Sog'ligingizni oldindan saqlang" - SOS loyihasi ham ana shular sir